Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

11:41, 17 oktabr

17 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O`zbekistonning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi doirasida 18 oktyabr kuni Toshkent shahrida ochiladigan TIVKning 43-sessiyasi bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog`ida vazirlar uchrashuvi kun tartibi va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi hamda bo`lajak forumni muvaffaqiyatli o`tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta`kidlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!