Aka-uka futbolchilar bir-biriga qarshi o`ynashi mumkin

11:55, 17 oktabr

Londonning “Tottenxem” jamoasi Italiyaning “Lasio” klubi himoyachisi Jordan Lukakuni, ayni damda “Everton” sharafini himoya qilayotgan  Romelu Lukakuning ukasini o`z safiga qo`shib olmoqchi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.  

“Shporlar” rahbariyati belgiyalik futbolchini himoya qizig`ini kuchaytirish maqsadida sotib olmoqchi. Kelishuv shartlari hozircha ma`lum qilinmagan.

22 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Lasio”ning 4 o`yinida maydonga tushib, hozircha hech qanday samarali natija ko`rsatmadi.

Ma`lumot uchun, aka-ukalar Belgiyaning "Anderlex" jamoasida birgalikda to`p surgan. Endi ular bir-biriga qarshi to`p surishi mumkin. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!