“Qo`shmachi”ning qo`shimcha “qilig`i”

12:30, 17 oktabr

Harbir inson o`zi istiqomat qiladigan uyini muqaddas go`sha deb biladi. Chunki bu joyda farzand tarbiyalaydi, baxtli kunlarini o`tkazadi. Shuning uchun insonga o`z uyi qadrdon. Azaldan uyni yomon ko`zlardan, nobop ishlardan, nopok kimsalarning qadamidan asrash xalqimizga xos ezgu odatlar sirasiga kiradli. 

Lekin afsuski shunday shaxslar borki, inson o`zi uchun aziz bo`lgan qo`rg`onida jirkanch ishlar bilan shug`ullanib, uni bulg`aydilar. Ulardan biri Xumora Hamidova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) dir. 

U ancha yillardan  o`z xondonida fohishaxona tashkil qilib, uzoq muddat bundan moddiy manfaat ko`rib keladi. Bu ishlari fosh bo`lib, qilmishiga yarasha jazolanishga ham ulgurgan. Lekin bundan kerakli xulosa chiqarmagan Xumora yana eski kasbi — qo`shmachilik bilan shug`ullana boshlaydi. Dastlab uning oldiga bir tanishi Salima ismli juvonni olib keladi. “Opa, bu qiz ish topolmay qiynalib yurgan ekan, qanday ish bo`lsa ham bajarishga rozi. Agar sizga kerak bo`lsa olib qoling” deydi. Xumora bu taklifga rozilik bildiradi.  Shundan so`ng u tanishiga xizmat haqi sifatida 150 000 so`m pul berib yuboradi. So`ngra o`z uyida bir oy davomida Salimaga mijoz topib, qo`shmachilik faoliyati bilan shug`ullanib keladi.      

2014 yil  3 fevral kuni esa uning xondoniga Shohida ismli qiz ish so`rab keladi. Bu taklif Xumoraga juda ma`qul tushadi.  U qiz bilan nima ish qilishlarini o`zaro kelishib oladilar.  Kelishuvga ko`ra Shohida har bir mijozdan olgan  pulning yarmini Xumoraga berishi kerak edi. Shu kunning ertasiga bu xonadonga  bir yigit tashrif buyuradi. Unga  uy bekasi peshvoz chiqadi.  Mehmon unga “dam olmoqchi”ligini va bunga  sharoit yaratib  berishini so`raydi.  

Mezbon uning iltimosini rad etmaydi. Bir qiz borligini va uning  “xizmat haqi” 15 000 so`m bo`lishini ta`kidlashni ham unutmaydi. Yigit uning qo`liga pulni tutqazishi bilan uni ichkariga kiritib yuboradi.  Shundan so`ng biroz vaqt o`tib eshik qo`ng`irog`i chalinadi. Qo`shmachi ayol yana birorta mijoz kelgandir degan xayolda mamnunlik bilan eshikni ochadi. Lekin uyga qonun himoyachilari kirib kelishadi. 

Shu bilan qo`shmachi ayolning faoliyatiga chek qo`yiladi.  Biroq, afsuski bu bilan qo`shmachi   ayolning qing`ir ishlari to`xtab qolmadi. 

Yomonning  bir qilig`i ortiq deb bekorga aytishmas ekan. U nabirasi bilan birga 2014 yil 15 avgust kuni tunda   og`aynisining uyidan qaytayotgan qo`shnisining yo`lini to`sadi. Sovuqqina so`rashuvdan boshlangan suhbat o`z-o`zidan janjalga aylanib ketadi. Kutilmaganda janjal ko`tariladi. Shu tariqa qo`shma ayol nabirasi bilan qo`shnisini  sababsiz kaltaklab unga tan jarohati etkazishadi. Bu holat yuzasidan ham endi bezorilik qilgan buvi va nabira bema`ni qilmishlari uchun  qonun oldida jazo olishadi.   

Zuhriddin RAHMONOV

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!