Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilishi mumkin bo`lgan davlat idoralari ro`yhati kengaytirildi

13:06, 17 oktabr

“O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror qabul qildi.

Mazkur qarorda rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvchi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yhati tasdiqlandi. 

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni.
  2. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari.
  3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
  4. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi.
  5. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi.
  6. O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi.
  7. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
  8. O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati.
  9. Markaziy saylov komissiyasi
  10. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  11. O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi.
  12. Toshkent shahar hokimligi.
  13. Toshkent viloyati hokimligi.
  14. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
  15. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
  16. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi.
  17. O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi.
  18. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi.
  19. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi.
  20. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi.
  21. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi.
  22. O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
  23. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
  24. O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
  25. O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
  26. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
  27. O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi.
  28. O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalar va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi.
  29. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.
  30. O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasi.
  31. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi.
  32. O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi.
  33. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi.
  34. O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi.
  35. O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi.
  36. O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi.
  37. O`zbekiston matbuot va axborot agentligi.
  38. O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
  39. O`zbekiston “O`zkommunxizmat” agentligi.
  40. O`zbekiston Avtomobil va daryo ttransporti agentligi.
  41. O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.
  42. “O`zarxiv” agentligi.
  43. O`zbekiston Respublikasi Davlat zahiralarini boshqarish qo`mitasi.
  44. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita.
  45. O`zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspesiyasi.
  46. O`zbekiston Respublikasi Temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
  47. “O`zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi.
  48. “O`zbekenergo” Aksiyadorlik jamiyati.
  49. “O`zkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati.
  50. “O`zbekiston temir yo`llari” Aksiyadorlik jamiyati.
  51. “O`zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasi.
  52. “O`zavtosanoat” Aksiyadorlik kompaniyasi.
  53. “O`zpaxtasanoateksport” Xolding kompaniyasi.
  54. “O`zbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi.
  55. “O`zavtoyo`l” avtomobil yo`llari qurish va foydalanish Davlat aksiyadorlik kompaniyasi.
  56. “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi.
  57. O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi.
  58. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
  59. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik jamiyati.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!