Gruzincha lobio tayyorlashning 4 usuli

14:36, 17 oktabr

1. Yong`oq va pomidor qo`shilgani

  • 1 stakan qaynatilgan qizil loviya, 3 ta pomidor, 500 gr. yashil loviya, bitta piyoz, yarim bog` petrushka, bir bo`lak sarimsoq, 50 gr. maydalangan yong`oq, tuz.

To`g`ralgan pomidorni qozonga solib, olovni yoqing. Qaynab chiqqach, ezg`ilab oling-da, to`g`ralgan piyoz va yashil loviyani qo`shib, 15 daqiqa qaynating. Taomga tuz, sarimsoq  va ko`katlarni qo`shing. Yong`oq solingach, qizil loviyani qo`shasiz. Qaynab chiqqach, likopchalarga suzishingiz mumkin.

 

2. Ko`katlar bilan...

  • 200 gr. qizil loviya, yarim bog` kashnich, 2 bo`lak sarimsoq, 2 ta qizil bulg`or qalampiri, tuz, o`simlik yog`i.

Sabzavotlarni mayda to`g`rab, o`simlik yog`ida qovuring. Yarim tayyor ko`rinishga kelgach, qaynatilgan loviyani qo`shasiz. Dasturxonga tortishda yuzasini to`g`ralgan pomidor bilan bezatish mumkin.

 

3. Ziravorlar bilan  ham mazali!

  • 400 gr. qizil loviya, yarim bog`dan shivit va kashnich, bitta piyoz, ikkitadan pomidor va qizil bulg`or qalampiri, o`simlik yog`i, tuz, yarim choy qoshiqdan dolchin, murch va qalampirmunchoq zirvorlari.

Loviyani idishda solib, qaynating. Yarim tayyor ko`rinishga kelgach, suvini to`kib tashlab, mayda to`g`ralgan pomidor va bulg`or qalapirini qo`shing. Aralashma 15 daqiqa qaynatiladi. Tovada to`g`ralgan piyozni qizartirib oling. So`ng asosiy masalliqqa qo`shing. Tuz va ziravorlarni ham solib, aralashtiring-da, likopchalarga suzib oling.

 

4. Go`shtlisini tayyorlaymiz!

  • 200 gr.  mol go`shti, 300 gr. qaynatilgan qizil loviya, 2 bo`lak sarimsoq, bitta piyoz, 100 gr. pomidor sharbati, 1 cho`mich o`simlik yog`i, yarim bog` petrushka, ta`bga ko`ra murch va tuz.

Go`shtni parak qilib to`g`rab, o`simlik yog`i solingan tovada piyoz bilan qovuring. Sarimsoqni qo`shgach, yarim piyola suv quying-da, dimlab qo`ying. Go`sht yarim tayyor ko`rinishga kelgach, qaynatilgan loviya, to`g`ralgan ko`katlar, tuz va murchni solib, aralashtirasiz. Dasturxonga tortishdan avval 100 gr. pomidor sharbatini qo`shib, 5 daqiqa dimlasangiz bo`lgani. Taom tayyor!

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!