Qalampirdan himoyalanishning 5 yo`li

15:15, 17 oktabr
  • Qanday taom achchiq bo`lib qolishidan qat`i nazar, uning achchiqligini kamaytirish uchun ovqat tarkibidagi masalliq miqdorini ko`paytirishingiz mumkin. Masalan, sho`rva bo`lsa, ko`proq bulon qo`shing, mastava bo`lsa, guruchni ko`paytiring.
  • Sut va sut mahsulotlari og`izdagi achchiq qalampir ta`mini tez yo`qotadi. Agar o`ta achchiq narsa eb olgan bo`lsangiz, suv ichmang. Eng yaxshisi, sut iching. Yogurt va smetana ham qalampir zahridan “kuyayotgan til”ga yordam beradi. 
  • Kislotalar achchiq ta`mni pasaytiradi. Uksus, limon kislotalari achchiq bo`lib qolgan ovqatning ta`mini me`yorlashtiradi.
  • Shakar ham achchiqni yaxshi kesadi, ayniqsa kislota bilan birgalikda. Agar tayyorlagan tomatli sousingiz o`ta achchiq bo`lib qolsa, bir qoshiq shakar va bir tomchi uksus yordamga keladi.
  • Agarda achchiq qalampirni to`g`raganingizdan so`ng tasodifan yuzingiz yoki ko`zingizni ishqalab yuborsangiz, qalampir tekkan joyingizni sut bilan yuving. Achchiq qalampir to`g`rayotganingizda qo`lingizga yupqa rezina qo`lqop taqing yoki kaftingizga o`simlik moyidan surting.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!