Rossiyalik mast shifokorlar onkologik bemorga yordam ko`rsata olishmadi (Video)

15:55, 17 oktabr

Permda xizmat chog`ida mast holda bo`lgan va onkologik bemorga yordam ko`rsata olmagan shifokorlar ishdan bo`shatildi. 

Yakshanbaga o`tar kechasi, 16 oktyabr kuni, “tez yordam” mashinasi erkakni shahar kasalxonasining qabulxonasiga olib kelishdi. To`rt soatdan ortiq bemorga hech qanday yordam ko`rsatilmadi. Erkakka osma ukol qo`yaman degan hamshira ham buning uddasidan chiqa olmadi.

Bemorning qarindoshi shifoxona xodimlarini mast va oyoqlarida zo`rg`a turgan holda tasvirga oldi. Buning barchasi ayolning telefon kamerasiga muhrlandi. Bu ham etmaganday shifokorlar bemorga qarata qo`pol va behayo so`zlarni ishlatishgan.

Hodisa yuzasidan darhol tergov o`tkazilib, mehnat intizomini buzganlik to`g`risida dalolatnoma tuzildi. Hamshira va sanitar ishdan bo`shatildi. Bemordan kechirim so`raldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!