Turkmanistonda Prezident saylovi kuni e`lon qilindi

16:04, 17 oktabr

Turkmaniston Majlisi Prezident saylovi kunini 2017 yilning 12 fevraliga belgiladi.

“Turkmaniston prezidenti saylovini belgilash to`g`risida”gi qaror parlamentning beshinchi chaqiruvdagi 16-kengashda qabul qilindi.

Bo`lg`usi saylovda uchta partiya ishtirok etadi: Turkmaniston Demokratik partiyasi, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi hamda Agrar partiya.

So`nggi marta Turkmaniston prezidenti saylovi 2012 yilning fevralida bo`lib o`tgan edi. O`shanda Gurbanguli Berdimuhamedovga 97,14% nafar saylovchi ovoz bergan.

Turkmaniston pralamenti 2016 yilning 14 sentyabr kuni yangi konstitusiya qabul qildi, unga ko`ra, prezident vakolatlari beshdan etti yilgacha uzaytirildi. Shuningdek yangi asosiy Qonunda mamlakat prezidentining eng yuqori yosh chegarasi 70 yosh olib tashlandi. «Eski» konstitusiyaga ko`ra, Turkmaniston prezidentining vakolati 2017 yilning fevralida tugashi kerak edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!