Bryusselda lotereyaga 168 million evro yutib olgan ko`cha supuruvchi ishga chiqmadi

09:35, 18 oktabr

Bryusselda noodatiy hodisa ro`y berdi. Ko`cha supuruvchi farrosh EuroMillions lotereyasiga 168 million yutib oldi va ishga borishni to`xtatib qo`ydi. Erkakning tan olishicha, kutilmagan yutuq uni shok holatiga solib qo`ygan. Hozircha u ishga qaytish yo qaytmasligi borasida bir qarorga kelmadi.

Shu bilan birga 30 sentyabr kuni uch yoshli Yangi Zelandiya fuqarosi million Yangi Zelandiya dollarini yutib oldi. Ota-ona o`g`liga Bonus Bonds kompaniyasining aksiyalarini olib berishdi, bu esa unga har oydagi lotereyada ishtirok etish huquqini beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!