“Metallurg” futbol klubi qoshida futzal jamoasi tashkil etiladi

09:35, 18 oktabr

“Metallurg” professional futbol klubi tizimida bugungacha erkaklar va ayollar futbol jamoalari faoliyat yuritib kelayotgandi. Klub rahbariyatining yaqinda bo`lib o`tgan ichki yig`ilishidan keyin “Metallurg” professional futbol klubi qoshida futzal jamoasini ham tuzish borasida tashkiliy ishlar boshlab yuborildi.

Ayni paytda jamoaga murabbiylar va o`yinchilarni jalb etish davom etmoqda. Klub ma`muriyati tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, “Metallurg” mini futbol jamoasi yoshlar tarkibida ushbu yo`nalishga qiziqishi bo`lgan futbolchilar hamda milliy chempionatimizda faoliyat yuritib kelayotgan 4-5 nafar tajribali o`yinchilar asosida shakllantiriladi.

“Metallurg” MFJ o`zining rasmiy musobaqalardagi ilk qatnashuvini shu yil 24-29 oktyabr kunlari “O`zbekiston” sport majmuasida o`tkaziladigan an`anaviy “Assosiasiya kubogi” musobaqasida qatnashish bilan rejalashtirmoqda. Mazkur musobaqa orqali tashkiliy ishlar yakuniga etkaziladi va milliy chempionatda qatnashadigan jamoa tarkibi aniqlab olinadi.

Ma`danchilar shahri – Bekobod futbol ishqibozlari yangi jabhada yana o`ziga xos jamoaga ega bo`layotganligini mamnuniyat bilan kutib olishmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!