Soyabon tanlashni bilasizmi?

09:39, 18 oktabr

Dastasi

Soyabon sotib olish jarayonida uning dastasiga e`tibor bering: elim tutkich tez darz ketishi mumkin. Yog`och hamda rezinali dasta mustahkam va qulay.

Tayoqcha va spisalari

Soyabon tayoqchasi va spisalari po`latdan bo`lgani ma`qul. Bunday soyabon alyuminiy spisalarga nisbatan og`irroq bo`ladi . Biroq shamolda boshqa soyabonlar singari qayrilib ketmaydi. Yig`iladigan soyabonlarda metall tayoqchalar ko`pqirrali bo`lishi shart.  Soyabonni mustahkamligini tekshirish uchun uni ochib  so`ng, u yoqdan bu yoqqa silkitish kerak. Tayoqcha va dastaning birikkan joyi qimirlamasligiga e`tibor qarating.

Kubbasi

Poliesterdan tayyorlangan kubba eng yaxshi soyabon hisoblanadi. Maxsus vositaga to`yintirilgandan so`ng bunday mato suv o`tkazmaydi va puxta bo`ladi. Hozirda urfga kirgan teflon singdirilgan poliester matoli soyabonlar yorug`da va yomg`ir yoqqanida o`z rangini o`zgartirib turadi.

Soyabon qanday matodan tayyorlanganini uning chetiga tikib qo`yilgan yorliq orqali bilib olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!