Soat nechida tug`ilgansiz, bilasizmi?..

09:45, 18 oktabr

Soat 24:00dan 2:00gacha intiluvchan va sinchkov bolalar dunyoga kelarkan.

 

2:00 va 4:00 oralig`ida esa serg`ayrat, o`z foydasini ko`zlaydigan insonlar hamda tabiatan iste`molchi kimsalar tug`iladi.

 

Soat 4:00dan to 6:00gacha tug`ilgan chaqaloqlar to`g`riso`z, har qanday murakkab ishni ham bajara oladigan bo`lishadi.

 

Soat 6:00-8:00da xayolparast, orzularga beriluvchan, ko`ngli noziklar dunyo yuzini ko`radi.

 

Soat 8:00 va 10:00da insonparvar, yoqimtoy chaqaloqlarni bag`ringizga bosasiz.

Soat 10:00dan to 12:00gacha esa izzattalab va ishi uchun jonini fido qiluvchi, mansab cho`qqilarini egallovchi shaxslar tug`iladi. 

 

Soat 12:00 va 14:00 oralig`ida dunyoga kelganlar sayyohatni sevadigan, qaltis vaziyatlardan osonlikcha chiqib keta oladigan bo`lishadi.

 

Soat 14:00-16:00 esa mehnatkashlar, qiyinchilikdan qochmaydiganlar tug`iladigan vaqt.

 

Soat 16:00 va 18:00 oralig`ida tinchlikparvar va hammaga yaxshilik istaydigan farzandlarni dunyoga keltirasiz.

 

Soat 18:00-20:00 ruhan kuchlilar vaqti.

 

Soat 20:00dan 22:00gacha «yulduz»lar dunyoga keladi, ular shunchaki yashamasligi kerak, shohona hayot, e`tibor va mashhurlikni istashadi.

 

Soat 22:00 va 24:00 oralig`ida esa faylasuflar, donishmandlar, ichki dunyosi boy, vaziyatga o`zgacha nigoh bilan qaraydigan insonlar tug`iladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!