“Barselona” Xaver Maskerano bilan shartnomani uzaytirdi

10:18, 18 oktabr

“Barselona” jamoasi rahbariyati klub himoyachisi Xaver Maskerano bilan amaldagi shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda ESPN FC portali xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi 2010 yili “Liverpul”dan “Barselona” safiga kelib qo`shilgandi. Shu vaqtgacha u “Barselona” safida 290 o`yin o`tkazib, 17 ta sovringa ega chiqqan.

Joriy mavsumda Xaver Maskerago La Liganing besh uchrashuvida maydonga tushdi, ammo hech qanday samarali natijalar ko`rsatmadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!