Vadim Abramov: Yaxshi taklif bo`lsa, ko`rib chiqaman

10:43, 18 oktabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov ayni vaqtda Toshkentda bo`lib turibdi. Murabbiy bir necha oy muqaddam Moskva shahrida yuragidan jarrohlik amaliyotini o`tagan edi.

Vadim Abramov o`tgan vaqt davomida sog`ligini tiklash bilan band bo`ldi va hozirda hech qanday muammo uni bezovta qilmayapti. Vadim Karlenovich Fut.uz nashri bilan bo`lgan suhbatda munosib taklif bo`lgan taqdirda murabbiylik ishiga qaytishi mumkinligini ma`lum qildi.

- Hozir sog`ligim bilan bog`liq muammolarning barchasi ortda qoldi va o`zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Ancha vaqt muqaddam bir qator klublardan taklif tushgan edi. Ammo o`sha vaqtda rejalarim boshqacha bo`lgani sababli ularni rad etdim. Ochig`i, biroz dam olish va sog`ligimni tiklashga qaror qildim. Endi yana ishga qaytishga tayyorman.

Qanday klublarda ishlashim mumkin? O`zbek futboliga foydam tegishi mumkin bo`lgan har qanday joyda ishlashga tayyorman. Eng muhimi - klub o`z oldiga yuqori maqsadlarni qo`ysa bo`lgani", - deydi Vadim Abramov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!