O`zbekiston ayollar futboli tarixidagi katta voqea yuz berdi

11:24, 18 oktabr

Kecha, 17 oktyabr kuni O`zbekiston ayollar futboli tarixidagi katta voqea yuz berdi. Ilk marotaba O`zbekiston ayollari Osiyo yoki uning mintaqaviy musobaqasida chempion bo`ldi.

19-yoshgacha bo`lgan ayollar o`rtasidagi Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi kubogi – CAFA CUP–2016’ning so`nggi tur bahslari bo`lib o`tdi. U

nda O`zbekiston U-19 hamda Eron U-19 ayollar terma jamoalari maydonga tushishdi va vakillarimiz 3:0 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega bo`ldi.

Eron – O`zbekiston 0:3

Gollar: Tojinisohon Rashidova – 34, Nilufar Qudratova – 37, 60.

Ogohlantirishlar: Zahro Xudobaxshiy, 52 – Nozima Kamoltoeva, 30.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!