“Manchester Yunayted” klub antirekordini o`rnatdi

11:30, 18 oktabr

“Manchester Yunayted” jamoasi “Liverpul”ga qarshi (0:0) APL 8-turida butun o`yin davomida atigi 34 foiz to`pga egalik qildi. Bu haqda 101 Great Goals portali “Tvitter”dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.

Ushbu ko`rsatkich klubning APL tarixidagi eng yomoni bo`lib, antirekord sifatida qayd etildi.

Ma`lumot uchun, mazkur uchrashuvdan so`ng “Liverpul” ochkolar sonini 17 taga etkazib, to`rtinchi o`ringa ko`tarildi. “MYu” 14 ochko bilan 7-pog`onada bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!