Achchiq qalampir amerikalik erkakning oshqozonida 3 santimetrlik teshik hosil qildi

11:30, 18 oktabr

AQShda o`tkazilayotgan achchiq taom eyish bo`yicha tanlov ishtirokchilaridan biri ko`ngli ayniyotgani sabab shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlarning aniqlashicha, amerikalik erkakning oshqozonida achchiq taom oqibatida 3 santimetrlik teshik hosil bo`lgan, deb yozadi “Vesti”.

Erkak Chili qalampiri qo`shilgan gamburger eganidan so`ng uning ko`ngli ayniy boshlagan. Qalampirning bu navi esa hozirgi kunga qadar dunyodagi eng achchiq qalampir hisoblanadi. Musobaqaning o`zidanoq uni tez yordam olib ketgan. Oshqozonida teshik aniqlangach, erkak tezda operasiya qilindi. U 23 kun davomida shifoxonada davolandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!