Farruh Zokirov qo`shiqlariga deyarli klip suratga olmasligiga izoh berdi

13:00, 18 oktabr

O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov qo`shiqlariga juda kam hollarda klip suratga olishi sabablarini ma`lum qildi. 

“Bilasizmi, qo`shiqni aylantirish—o`ta jiddiy, murakkab jarayon. Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo`lishi bilan internet kuchli axborot oqimiga to`ldi. Oqibtada esa qo`shiqni aylantirishning an`anaviy usullari tubdan o`zgardi va bu jarayon katta mehnat va sarmoyani talab qiladi. O`ylashimcha, agar biz yangi qo`shiqni aylantirishni istaganimizda, buning uddasidan chiqqan bo`lar edik. Bizda bunday maqsad yo`q”,—deydi Farruh Zokirov Uzbekistan Today nashriga bergan intervyusida.  

“Jurnalistlar mendan nima uchun kliplarim kamligi haqida so`rashadi. Men bunga o`zgacha yondashaman. Oliy darajadagi klip suratga olish katta mablag`ni talab etadi. Klipda esa aniq maqsad bo`lishi kerak. Pul topiladi... Ammo klip nima uchun kerak? Avvalambor, nom chiqarish uchun, mashhur bo`lish uchun. Tushunyapsizmi, bizga esa bu kerak emas, nom chiqardik, yoshlar nom chiqarish uchun klip suratga olaversin”,—deya so`zlarini davom ettiradi Farruh Zokirov. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Farruh Zokirov kuz mavsumida “Yalla” guruhining konsert berishi mumkinligi haqida aytib o`tgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!