Toshkent shahrida IHT TIVKning 43-sessiyasining ochilish marosimida Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi

14:28, 18 oktabr

18 oktyabr kuni Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o`z ishini boshladi.

Ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.

Sessiyada 50 dan ortiq a`zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Ochilayotgan Toshkent sessiyasi IHT TIVKning 2017 yilda bo`lib o`tadigan navbatdagi majlisiga qadar O`zbekiston Respublikasi raisligining rasman boshlanishi bo`ladi.

O`zbekiston raisligining shiori – “Ta`lim va ma`rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo`li”.



Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!