Korzinka.uz barcha xodimlari uchun “Istiqlol” san`at saroyida gala-konsert tashkil etdi (Foto)

14:44, 18 oktabr

Dekabrda o`zining 20 yilligini nishonlash arafasida turgan Korzinka.uz supermarketlar tarmog`i 17 oktyabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida katta konsert dasturi tashkil etdi.

Tarmoqda mehnat qilib kelayotgan barcha xodimlar, hamkor tashkilotlarning vakillari hamda jurnalistlardan iborat 3 ming kishilik tomoshabinlar shu kuni estaradamizning yorqin yulduzlari tomonidan kuylangan ajoyib taronalardan bahramand bo`lishdi. 

Konsert avvalida Korzinka.uz rahbari Zafar Hoshimov so`z olib,  korxonaning vujudga kelishi, rivojlanish yillari, unda mehnat qilgan insonlarning sharafli faoliyati va hamkorlikdagi loyihalar haqida to`xtalib o`tdi. 

Eng qiziqarlisi o`tgan yillar davomida tarmoq xodimlari o`rtasida jami 87 ta baxtli oila bunyod bo`lib, 114 nafar bolajonlar dunyoga kelganligi haqidagi ma`lumot bo`ldi. 

Jahongir Otajonov, “Bolalar” guruhi, Ulug`bek Rahmatullaev, Lola, Shahzoda, Rayxon, Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Shoxruh, Botir Qodirov, Dj Piligrimm, Muhammadiso Abdulhairov ishtirokidagi haqiqiy bayramona kechani taniqli boshlovchilar Muslimbek Yo`ldoshev hamda Dildar Islamova olib borishdi. 

Sahna dekorasiyasi, har bir qo`shiq mobaynida 20 yil muddat ichida  supermarket hayotiga oid to`plangan fotosuratlar, videohangomalarning ekranda aylanib turishi, zaldagi yuqori ruh va tinimsiz qarsaklar yurtimizda savdo sohasida etakchi sanalgan tarmoqning ushbu muhim sanaga mukammal tayyorgarlik ko`rganidan darak berdi. 

Konsertga Lolaning korzinka.uz haqida maxsus suratga olingan klipi yakun yasadi. 

“Korzinka” o`zining 20 yilligini butun keng miqyosida dekabrda nishonlaydi, ushbu konsert muhim hodisa oldidan xodimlar uchun sovg`a bo`ldi.

Dekabrda supermarketlar tarmog`i nafaqat xodimlar balki haridorlar uchun aksiyalar uyushtirish rejalashtirilgan.





Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!