Qaysi turdagi mahsulotlarni sevib iste`mol qilishingizga qarab, fe`lingizni aniqlang!

15:15, 18 oktabr

Sut mahsulotlarini yaxshi ko`ruvchilar muloyim, yoqimtoy va barchaning tashvishiga hamdard bo`lishadi. Faollik, atrofdagilarni qo`llab-quvvatlash, birinchilikka intilishi, boshqaruvchilik ularga xos. Shu bilan birga, bu toifadagilar doim e`tibor va mehr istashadi. Va yaqinlariga ham muhabbat ulashib, ularni turli muamomlardan himoya qilishga harakat etishadi. 

Sabzavotlarni xush ko`ruvchilar nozik tabiatli, mulohazali va jiddiy insonlardir. Ularning maqsadalri aniq bo`lib, shu sabadan ham karera pog`onalarini tez zabt etishadi. Kuchliliklari sabab jahlingizni sochsangiz ham, ular kulib javob qaytarishlari va sizni tinchlantirishlari mumkin. Salomatliklariga e`tiborliligi ham hayotni sevishlaridan dalolat.

Mevaxo`rlarning ko`ngillarini nozikdan-da nozik. Ular barcha voqealarni yurakka yaqin oladi. Munozara qilishni yaxshi ko`rishadi. Bir ko`rishdagi muhabbat ham ularga xos. Ba`zida kutilmagan qarorlari bilan atrofdagilarni lol qoldiradi. O`zlariga bo`lgan ishonchlari sabab ham tavakkal qilishga usta.

Go`shtli taomlar jonu dilingiz bo`lsa, siz biroz shoshqaloqsiz. Qaror qabul qilishga, boshqalar uchun xulosa chiqarishga ustasiz. Barcha narsani nazorat qilib turishni istaysiz. Yana bir odatingiz bor, dilingizdagi tilingizda. Shunnig uchun atrofingizdagilar sizdan ba`zan ranjib qolishadi. Samimiylik, kuydi-pishdiligingiz esa tahsinga loyiq.

Shirinliklarni ko`rganda qomatingiz ham esdan chiqib, ularni paqqos tushirasizmi? Unda siz samimiy, ko`ngli ochiq va ichida gap turmaydiganlardansiz. Siz insonlarni, umuman hayotni juda sevasiz. Biroq ta`sirchanligingiz sabab sal narsaga arazlab qolishingiz ham bor gap. Oila va ishda aqlingiz, ishbilarmonligingiz bilan barchani hayratlantirasiz.

Taomlardan ko`ra salatlarga ixtiyor bersangiz, kichik qadamlar bilan ulkan cho`qqilar tomon intiluvchansiz. Shoshish, o`zni o`tga-cho`qqa urish sizga yot. Yana muammolarni ham bosiqlik bilan qabul qilasiz, ularni hal qilishga shoshilmaysiz. Hamma narsani vaqt hukmiga qo`yib berasiz.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!