Qozog`istonda Aqto`bedagi teraktlar yuzasidan sud ishi boshlandi

15:25, 18 oktabr

Qozog`istonning Aqto`be shahrida joriy yilning 5 iyun kuni sodir bo`lgan teraktlar yuzasidan sud boshlandi. Ushbu ish yuzasidan 29 kishi aybdor deb topilgan, jabrlanganlar soni 88 kishini tashkil qiladi, deya xabar beradi «MIR 24».

Eslatib o`tamiz, shu kuni jangarilar ikkita qurolli do`kon va harbiy qismga hujum uyushtirib, u erdagi qurollarni qo`lga kiritgan.

Ekstremistlarning rejalarida qamoqxona, davlat va ma`muriy binolarga hujum uyushtirish hamda odamlarni garovga olish bo`lgan.

Otishmada etti kishi halok bo`ldi. 

Hanuzgacha mamlakatda «Sariq» darajadagi terroristik xavf holati e`lon qilingan.

Sud binosi hamda uning atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!