Uy sharoitida konfet tayyorlaymiz!

15:54, 18 oktabr

Foydali

Kerak: 500 gr. quruq mevalar (o`rik turshagi, olma va olxo`ri qoqisi), 1 stakan yong`oq, 1 hovuch bodom, 1-2 osh qoshiq asal.

Tayyorlanishi: o`rik turshagi va olxo`ri qoqini qaynoq suvga solib, 5-10 daqiqa ivitib qo`ying. Yong`oq va quritilgan mevalarni go`shtqiymalagichdan o`tkazib, asal soling. Maydalangan bodom qo`shing-da, «shar»chalar yasang.

 

 

Mazali

Kerak: 75 gr. shokolad, 5 donadan danaksiz o`rik turshagi va yong`oq, 1 osh qoshiq sut, yarim choy qoshiq asal, kakao, kunjut.

Tayyorlanishi: shokoladni maydalab to`g`rab, sut soling-da, suv bug`ida eriting. Turshak va yong`oqni maydalang. Eritilgan shokoladga qo`shib, asal soling. Aralashmadan «shar»chalar yasab, kakaoga belab oling-da, kunjut seping.

 

 

«Rafaello»

Kerak: 250 ml. quyiltirilgan sut, 50 grammdan kokos qirindisi va funduk yong`og`i, 25 gr. sariyog`.

Tayyorlanishi: yumshatilgan sariyoqqa quyiltirilgan sut va kokos qirindisi qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani 30 daqiqaga muzlatkichga qo`ying. O`rtasiga 1 donadan funduk yong`og`i solib, kremdan «shar»chalar yasang. Konfetlarni 15 daqiqaga muzlatkichga qo`ying.

 

 

Betakror ta`m

Kerak: 500 gr. tvorog, 100 grammdan o`rik turshagi va shokolad, 75 gr. yong`oq.

Tayyorlanishi: o`rik turshagi va yong`oqni ezing. Tvorogni ham sanchqi yordamida ezib, yong`oq va o`rik turshagi soling. «Shar»chalar yasab, muzlatkichga qo`ying. Shokoladni suv bug`ida eritib, «shar»chalarni belab oling-da, yana biroz muddat muzlatkichda qoldiring.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!