Umurtqam sog`lom bo`lsin desangiz…

16:13, 18 oktabr
  • Devorga suyaning. Gardaningiz, kuraklaringiz, dumba va tovoningiz devorga tegsin. Elkalaringiz biroz tushirilgan. Shu tarzda bir necha daqiqa turing va so`ngra qomatingizni shu tarzda tutib, devordan uzoqlashing. Sekin-asta xuddi mana shunday tarzda yurishni o`rganing. Bu umurtqa pog`onasini qiyshayishidan va suyaklaringizga og`irlik tushishidan asraydi.
  • Oyog`ingizni bir-biriga qo`yib o`tirish odatidan voz keching. Bunday o`tirish natijasida  umurtqa pog`onasining pastki qismiga og`irlik tushadi, qon aylanishini buziladi. Natijada kichik tos va jinsiy a`zolar kasalligiga olib keladi.
  • Agar uzoq vaqt tik turib qolsangiz, har 10 daqiqada turish holatingizni o`zgartirishni unutmang. Oyoqlaringizga galma-galdan tayaning.
  • Agar og`irlik ko`tarishingizga to`g`ri kelsa, uni ikki qo`lingiz bilan ko`taring. Shunda umurtqa pog`onasiga ortiqcha og`irlik tushib, qiyshaymaydi.
  • Beldagi og`riq va kayfiyat bir-biriga bog`liq. Kishining kayfiyati tushganda, qon tomirlarida tonus ko`tarilib, qon aylanishi qiyinlashadi. Bu nafaqat belda, balki qo`l yoki oyoqda ham og`riqqa sabab bo`lishi mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!