Nodir Eliboev futzalchilik faoliyatini tugatdi

16:22, 18 oktabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi va "Ardus" a`zosi hisoblangan Nodir Eliboev futzalchilik faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi

Eliboev professional futzaldagi faoliyatini 2005 yil "Stroitel Zarafshon" jamoasi tarkibida boshlagan, uning so`nggi klubi esa O`zbekistonning 5 karra chempioni "Ardus" bo`ldi.

O`tgan mavsum "Ardus" bilan Assosiasiya kubogi va O`zbekiston kubogida zafar quchgan Nodir Eliboev Oliy ligada kumush medallarni qo`lga kiritdi.

Milliy terma jamoa bilan esa yil boshida Toshkentda o`tkazilgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib bordi va 10 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar Kolumbiyada bo`lib o`tgan Jahon chempionatida ishtirok etdi. Kolumbiyadagi mundial futzalchi uchun so`nggi musobaqa bo`ldi. Futzaldagi eng katta orzusiga erishgan himoyachi faoliyatini mana shunday yuqori nuqtada tugatdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!