2017 yilda ilk robot-polisiyachi Dubay ko`chalarida paydo bo`ladi

17:12, 18 oktabr

Dubay polisiya departamenti 2017 yilda shahar sharoitida ishlay oladigan robot-polisiyachini taqdim etdi.

Taqdimot 36-xalqaro Fors bo`g`ozi hududi axborot texnologiyalari ko`rgazmasi GITEX Technology Week 2016 doirasida bo`lib o`tdi.

Loyihaning amalga oshirilish tafsilotlari ma`lum qilinmagan, ammo Dubay polisiyasi yaqin to`rt yilda robot-polisiyachilarni ommaviy ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, polisiyachi robot ayrim vaziyatlarda insonni o`rnini egallashga qodir bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!