Nilufar Usmonova to`rtinchi farzandiga homilador ekanligini tasdiqladi(Foto)

21:16, 18 oktabr

Xonanda Nilufar Usmonova to`rtinchi bor onalik baxtiga musharraf bo`lish arafasida turibdi. Garchi bu haqdagi mish-mishlar ancha oldin paydo bo`lgan bo`lsa-da, xonandaning o`zi bu xabarni tasdiqlamayotgan edi.

Vanihoyat Nilufar to`rtinchi marotaba farzand kutayotganini ma`lum qildi.

“Bu bizning ilk selfimiz. Siz uchun maxsus, mening suyuklilarim”,—deya izohladi xonanda homiladorligi aks etgan suratni.

 Bu xushxabar xonandaning muxlislarini suyuntirdi. Ular sevimli xonandasiga farzandini eson-omon bag`riga bosishini tilamoqda.

Eslatib o`tamiz, Nilufarning Saida`zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o`g`illari bor.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!