Ruldagi xonimlar uchun 9 qoida

09:30, 19 oktabr

1. Mashinaning holati qoniqarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Rulga o`tirishdan oldin mashinangizni ko`zdan kechirib chiqish uchun 2 daqiqagina vaqt ajratsangiz, yo`lda uzoq vaqt sizni ushlab qolishi mumkin bo`lgan muammoning oldini olasiz. Yoqilg`i etarlimi, avtomobilingiz muammosiz o`t olayaptimi, hech qanday shovqin eshitilmayaptimi, oxirgi marta qachon moy va suvini almashtirgansiz, g`ildiraklar hamda qo`shimcha g`ildirak joyida turibdimi, qaerda yoqilg`i quyib olishingiz mumkin? Bularni nazardan qochirmang.

  1. Marshrutni rejalashtiring. Agar noaniq manzil bo`yicha harakatlanishingiz mumkin bo`lsa, yo`lga chiqishdan avval tajribali haydovchilardan so`rab-surishtiring.
  2. Salondagi shinamlik va qulaylikni tekshiring. Ayniqsa, haydovchi kreslosi o`zingizga moslashtirilgan bo`lishi shart. Sizni chalg`itishi mumkin bo`lgan narsalarni ko`zdan nari qiling. Telefonni ovozsiz holatga o`tkazing.
  3. Vaqtliroq yo`lga chiqing. Boradigan joyingizga ketadigan vaqtni mo`ljallab, avvalroq yo`lga chiqsangiz, xotirjam va ishonchli harakat qilasiz. Kech qolayotgan haydovchi asabiylashib, tavakkal qarorlar qabul qiladi, betartib tezlik esa hech qachon yaxshilikka olib kelmagan.
  4. Uzoqroq yuring. Noto`g`ri harakatlanayotgan, u yo`lakdan bunisiga tartibsiz o`tayotgan engil avtomobillardan (mashinaning texnik holati nosoz bo`lishi yoki haydovchi hushyor bo`lmasligi mumkin). Avtobus, yuk mashinalar bilan oraliqda 20-30 metr masofa saqlab yuring. Ba`zan katta g`ildiraklar orasida tosh otilib qolishi mumkin.
  5. Mashinada kiyish uchun past poshnali maxsus poyabzaldan foydalaning. Zinhor echgan tuflingizni oyog`ingiz tagida qoldirib mashina haydamang. Pedallarga nimadir xalaqit qilishi katta muammoga sabab bo`lishi mumkin.
  6. Mashinaning oynasi pardoz oynasi emasligini yodda tuting. Harakatlanayotgan chog`da labga bo`yoq, yuzga upa surtishdan voz keching.
  7. Bolalaringizni qat`iy ogohlantiring: siz rulda bo`lgan vaqtingizda ular sizni chalg`itishmasin. Turli savollar uchun hech bo`lmasa svetovorning qizil chirog`i yonib, to`xtash paytini kutish kerakligini uqtiring.
  8. Yo`ldagi tarbiyasiz haydovchilarga umuman e`tibor bermang. Mashina boshqaruvingiz ustidan kulayotgan bo`lishsa, o`zingizni xotirjam tuting. Unutmang, ayollar orasida ham, erkaklar orasida ham yomon haydovchilar topiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!