Abdulaziz Kamilov Qirg`iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

11:23, 19 oktabr

19 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo`lib turgan Qirg`iziston delegasiyasi rahbari Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev bilan uchrashdi.

Suhbat chog`ida ikki va ko`p tomonlama shakldagi O`zbekiston- Qirg`iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta`kidlandi.

Uchrashuv yakuniga ko`ra 2016-2017-yillarga mo`ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolandi.

Uchrashuvda Qirg`iziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!