Luis Enrike “Manchester Siti” bilan o`yin u va Gvardiola o`rtasidagi jang emasligini aytdi

13:13, 19 oktabr

Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Manchester Siti”ga qarshi EChL 3-turi oldidan nimalar kutayotgani bila bo`lishdi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

“Manchester Siti”ga qarshi o`yin men va Gvardiola o`rtasidagi qarama-qarshilik bo`lmaydi. Hal qiluvchi omil futbolchilarning xatti-harakati bo`ladi. “Manchester Siti” futbolchilari individual mahoratga ega.

Bo`lajak o`yin – biz uchun o`ziga xos chaqiruv bo`ladi. Gvardiola mavsum oralig`ida jamoasiga ta`sir ko`rsatishga ulgurgandi”, – dedi Enrike.

Eslatib o`tamiz, jamoalar o`rtasidagi o`yin bugun, 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!