Majburiy ishdan bo`shatish mumkinmi?

13:39, 19 oktabr

MChJ tashkilotda ishlayman. Kadrlar bo`limi boshlig`i meni chaqirtirib ishdan bo`shash uchun ariza yozishim kerakligini va o`rnimga yangi xodim olinishini aytdi. Majburiy ariza orqali ishdan bo`shatish mumkinmi, bunday paytda qaerga murojaat qilish lozim?

Sadriddin, Qashqadaryo viloyati

B.Nizomov, Mehnat vaziri o`rinbosari:
—Darhaqiqat, ayrim hollarda ish beruvchi tomonidan ishchi xodimni o`z arizasiga asosan ishdan bo`shatishga majburlash ko`rinishidagi holatlar uchrab turmoqda. Ba`zan ishga qabul qilish davrida ishga qabul qilinayotgan ishchidan noqonuniy ravishda ishdan bo`shatish to`g`risida ham ariza yozish talab etiladi. Bunday holatlarda ishchi xodim ishga tiklash masalasi yuzasidan sudga murojaat qilishi lozim. Shuningdek, Mehnat kodeksining 275-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini g`ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga pul mablag`lari to`lab beriladi.

O`zingizni qiziqtirgan yana ko`plab savollarga "Darakchi" gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida javob olishingiz mumkin

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!