G`iybat qilishga moyilmisiz? Test orqali tekshirib ko`ring!

13:41, 19 oktabr

Kunda-shunda dugonalar, mahalladagi ayollar, qarindosh urug`lar bilan turli mavzularda suhbatlashamiz. Ammo bu suhbatlar bilib bilmay kimlarnidir muhokama qilishimiz mumkin. Shu bilan kishi g`iybatchi bo`lib qoladimi? G`iybatga qanchalik moyil ekaningizni bilish uchun quyidagi savollarimizga javob bering.  

1. Yaqin kishingizga qo`ng`iroq bo`ldi, u go`shakni ko`tarish uchun boshqa xonaga chiqsa...

A) Xech gap aytmayman, bu uning istagi – 3 ball

B) Yashirincha eshitaman, qiziq-da – 1 ball

V) Kamdan-kam hollardagina eshitaman – 2 ball

2. Do`stlaringizning hayotidagi barcha yangiliklarni batafsil so`rab olasizmi?

A) Yo`q, bu ularning hayoti – 3 ball

B) Albatta, o`zi aytib tursa nimaga so`ramasligim kerak – 1 ball 

V) Faqat alohida holatlarda – 2 ball 

3. Tanishlaringizning odatlarini muhokama qilib turasizmi?

A) Bunga xojat yo`q, o`ziga aytib qo`yaqolaman – 3 ball

B) Gap yo`qligida gapda – 1 ball

V) Faqat kayfiyatim bo`lmaganda – 2 ball

4. Kim qancha maosh olishga qiziqasizmi?

A) Yo`q, har kim nasibasiga yarasha oladi – 3 ball 

B) Buni bilish men uchun muhim – 1 ball

V) Faqat kasbdoshlarimning maoshiga qiziqaman – 2 ball

5. Telefonda suhbatlashayapsiz, so`zlashishga mavzu qolmadi...

A) Suhbatdoshim bilan hayrlashib, go`shakni qo`yaman – 3 ball

B) Biroz jim turaman, balki undan mavzu chiqib qolar – 2 ball

V) Bunaqasi xech qachon bo`lmagan – 1 ball 

6. Qaysi mavzularni muhokama qilasiz? 

A) Faqat aniq xulosa beradiganlarini – 3 ball 

B) Kayfiyatga qarab, xar xil narsalar haqida gaplashaman – 2 ball 

V) Atrofda qiziqarli voqealar shunchalik ko`pki, barchasini aytishga ulgurish kerak – 1 ball

7. Xonangizga yangi gulqog`oz tanlayapsiz. Qanday rangisiga ixtiyor berasiz?

A) Moviy – 3 ball

B) Sariq – 2 ball

V) Qizil – 3 ball 

8. Ko`chada janjal bo`lyapti...

A) Darrov chiqaman, balki ularni ajratish kerakdir – 3 ball

B) Begonalar bo`lsa menga nima – 2 ball

V) Darhol qo`shnilarga qo`ng`iroq qilaman, milisiya chaqirib yuborishsin – 1 ball

Javoblar:

20 dan 24 ballgacha

G`iybatchilik sizga yot illat. O`zingizga kerak ma`lumotni asosiy manbaadan olib, boshqalari bilan hisoblashib ham o`tirmaysiz. Haqiqiy sirdoshsiz, sizga o`z sirini ishongan insonni xafa qilishdan ehtiyot bo`lasiz. Biroq ba`zida muhokama qilinayotgan mavzular ahamiyatini bo`rttirib ko`rsatishingiz mumkin. Barini yurakka yaqin olishga moyilligingiz bor.

13 dan 19 ballgacha

Kayfiyat odamisiz. Zerikib qolsangiz o`zgalarning hayotiga qiziqish paydo bo`lishi mumkin. Kim haqida, yoki nima haqida g`iybatlashish siz uchun unchalik ham muhim emas, shunchaki o`zingizni biror mashg`ulot bilan chalg`itish uchungina bu ishni qilasiz. Band bo`lganingizda g`iybatlarga e`tibor ham bermasdingiz. Zerikish, bekorchilik, mana barining boshi qaerda. Demak, bu illatdan xalos bo`lish uchun doim band bo`ling.

8 dan 12 ballgacha

Turli voqealar boshingizda g`ovlab ketganidan insonlar hayoti haqida butun boshli roman yozsangiz bo`ladi. Uzoqroq tanishingizning qo`shnisining kelini haqidagi ma`lumotlar ham e`tiboringizdan chetda qolmaydi. Aksiga olgandek, siz qiziqarli suhbatdoshsiz, hikoyalaringizni eshitish ham  maroqli. Shu qobiliyatingizni to`g`ri yo`lda sarflashga nima deysiz? Sir saqlay olmaganligingiz bois ko`p dakki egansiz, bundan tashqari vaqt va quvvatingizni umuman keraksiz narsalarga sarflab yuborayapsiz. Buning o`rniga ishda yoki oilada qo`l kelishi mumkin bo`lgan biror ilm egallashingiz mumkin. Aks holda birovlarning hayotidagi yangiliklar ortidan quvib, umringizni havoga sarflab yuborasiz.

Kamola tayyorladi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!