Xosep Gvardiola: Messi, Suares, Neymar yoki Inestani sotib olishga harakat qilmaganman

14:45, 19 oktabr

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transfer mavsumida “Barselona”ning hech qaysi bir futbolchisini sotib olishni rejalashtirmagani haqida ma`lum qildi. Gvardiola bir paytlar “Barselona” ustozi bo`lgan.

– “Bavariya”ni boshqarganimda faqatgina Tyago Alkantaraga qo`ng`iroq qilgandim. Neymarni “Barselona”ga chaqirishimni Sandro Rosel (“Barselona”ning sobiq prezidenti) iltimos qilgandi. Yozgi transfer mavsumida Messi, Suares, Neymar yoki Inestani sotib olishga urinmaganman.

Ular bilan telefon orqali muloqot qilmaganman. Bir marta ter Shtegenga, u etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmagani uchun qo`ng`iroq qilgandim. “Barselona” futbolchilariga ular o`yin amaliyotiga ega bo`lmasagina qo`ng`iroq qilaman”, – dedi Gvardiola. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!