Osmonda parvoz qilayotgan “o`lim farishtasi” amerikaliklarni qo`rqitib yubordi

14:49, 19 oktabr

Twitter ijtimoiy tarmog`ida qora keng matoga o`ralgan va osmonda uchayotgan skelet aks etgan fotosurat qizg`in muhokama qilinmoqda, deb yozadi “Vesti”. 

Mazkur surat muallifi uning aslida niqoblangan dron ekanligini ta`kidlamoqda. Uning amakisi shu usul yordamida qo`shnilarni qo`rqitmoqchi bo`lgan. 

Zak Kryuger ismli internet foydalanuvchisining gazetalardan biriga bergan intervyusidan ma`lum bo`lishicha, uning amakisi qo`shnilar bilan xazillashish maqsadida drondan “o`lim farishtasi”ni yaratgan. 

"O`lim farishtasi" ko`pchilikni qo`rqitib yubordi. Boshqalar esa buning xazil ekanligini tushunib, kulib yuborishdi. Biroq Zak mazkur suratning ijtimoiy tarmoqda ommalashishini kutmagan edi. Hozirga qadar mazkur post 280 mingta layk yig`di. Uning aytishicha, hozirda “o`lim farishtasi”ning videosi montaj qilinmoqda. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu xazilni yuqori baholadi. 

“Amakingga ayt, u daho ekan”,—deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!