Myunxendan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq butunlay yoqib yubordi

15:50, 19 oktabr

Myunxendan Moskvaga parvoz qilayotgan Airbus A-320 samolyotini chaqmoq urdi, deya xabar beradi "Interfaks". Oqibatda u samolyotning tumshug`i yonib ketdi.

Hodisa haqida kema kapitani xabar berdi. Ekipaj Airbus’ni Sheremetevo aeroportiga borib qo`ndirishga muvaffaq bo`ldi. Hech kim jabrlanmadi.

Texnik ekspertlar samolyotni ko`zdan kechirib, yashin samolyotning fyuzelajini kuydirib yuborganini ma`lum qildi. 

Samolyot parvozlardan chetlashtirildi. 

Samolyot tegishli bo`lgan aviakompaniya nomi ma`lumot qilinmayapti.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!