O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vertolyoti Farg`ona viloyatida halokatga uchradi

20:14, 19 oktabr

2016 yil 18 oktyabr kuni Farg`ona viloyati hududida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi.

Halokat oqibatida 3 ekipaj a`zosi va vertoletda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish bo`yicha maxsus komissiya tashkil etildi.

O`zbekiston rahbariyati halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!