Sardor Rahmatullaev OFKning ijtimoiy masalalar bo`yicha qo`mitasi majlisida qatnashdi

20:52, 19 oktabr

O`zbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Osiyo Futbol Federasiyasining ijtimoiy masalalar bo`yicha qo`mitasi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

Ushbu majlis 18 oktyabr kuni, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tdi. Unda asosan ijtimoiy sohadagi ishlarni hal etish uchun uni moliyalashtirish masalalari ko`rib chiqildi.

Qo`mita yig`ilishini boshqarib borgan Ahmad Al Harbiy, qo`mita a`zolariga Saudiya Arabistoni qiroli – Sulton Bin Fahad Al Abdulaziz OFK ijtimoiy ishlarinini moliyalashtirishga tayyor ekanini ma`lum qildi.

Ta`kidlash kerakki, Sardor Rahmatullaev ushbu qo`mita raisi o`rinbosari hisoblanadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!