Xitoyga so`nggi o`n yillikdagi eng kuchli dovul yog`ildi

00:16, 20 oktabr

 «Sarika» to`foni so`nggi o`n yillikda Xitoyga yog`ilgan eng kuchlisi bo`ldi.

Ayni damda mamlakatda tabiiy ofat etkazgan zarar hisoblab chiqilmoqda. Dovul Xaynan provinsiyasiga zarar etkazdi, ushbu hududdan yarim million mahalliy aholi evakuasiya qilindi.

To`fon epimarkazida shamol tezligi soatiga 160 kilometrni tashkil qildi. Dovul daraxtlar, ustunlarni yiqitib, simlarni uzib yubordi. Kuchli suv oqimi yo`llarni daryoga aylantirdi. Provinsiyada maktablar, do`kon va aeroportlarning ish faoliyati to`xtatildi. Poezdlar harakati ham to`xtatilgan.

«Sarika» Xitoyga kuz boshidan buyon yog`ilgan to`rtinchi to`fon bo`ldi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!