Kayfiyatni ko`taruvchi 8 mashg`ulot. Albatta qo`llab ko`ring!

09:17, 20 oktabr

1. Harakatda bo`ling

Charchoq va og`riq bilan kurashishda jismoniy mashqlarga teng keladigan yo`q. Axar tanamiz faollashgani sari organizm endorfin — “baxt gormoni”, adrenolin, serotonin va dofamin kabi gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi.

2. Qalampir bilan do`st tutuning

Agar taomingizga qalampir qo`shib tanovul qilsangiz taxminan 20 daqiqalardan keyin xursand bo`lishni boshlaysiz. Chunki, organizm endorfin moddasini faolroq ishlab chiqaradi. Shunday ekan xursand bo`lishni istasangiz, achchiq-achchiq taom eng.

3. Yaqinlaringizni bag`ringizga bosing

Quchoqlashish chog`ida tanamiz oksitosin – “mehr-muhabbat gormoni” og`ushida qoladi. Shuning uchun kimnidir bag`ringizga bosganingizda himoyalanganlik, ishonchni his etasiz. Shuningdek bu gormon stressdan xalos etadi.

4. Shokolad eng

Ha, buni aytmasak ham yaxshi bilasiz. Yodingizdan chiqmasin dedik-da.

5. Quyosh nurlari g`amlaringizni aritadi

Bulutli kunda tund kayfiyatda yurishimiz bor gap. Buni qarangki, bobo quyosh etarlicha nur sochmasligi tufayli o`sha mashhur baxt gormonlari kamroq ishlab chiqariladi. Shuning uchun mutaxassislar kayfiyat tushganida ochiq havoda, oftob nuridan bahramand bo`lib sayr qilishni tavsiya qiladilar.

6. Internet imkoniyatlaridan foydalaning 

Kuzatuvlarga ishonadigan bo`lsak, internet tarmog`i orqali qiziqarli videoroliklarni tomosha qilgan kishilar 44 foizgacha e`tiborini yaxshiroq jamlarkan. 

7. Sovg`a ulashing

Buning uchun bayram yoki yangi yilni kutib o`tirish shart emas. Yaqinlariga tez-tez sovg`a-salom ulashadigan insonlar o`zlarini boshqalardan ko`ra baxtliroq his etishadi. Chunki sovg`a tanlash jarayonining o`ziyoq, keyinchalik esa o`sha onlarni yodga soluvchi xotiralar ham asabiylikni engishga yordam beradi.

8. San`at shaydosiga aylaning

Inson nigohi go`zallikka, ayniqsa san`at asariga tushganda organizm qoniqish gormoni – dofomin ishlab chiqarishni faollashtiradi. Shunday ekan, gallereyalar va turli ko`rgazmalarga borishga odatlaning. Juda vaqtingiz bo`lmasa, atrofingizni, ish stolingizni, devorlarni yorqin suratlar bilan bezating.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!