EChL. “Atletiko”da kichik, “Bavariya”da yirik g`alaba (Video)

09:56, 20 oktabr

Evropa chempionlar ligasi “D” guruhi 3-turida “Bavariya” jamoasi o`z maydonida PSV futbolchilarini qabul qilgan bo`lsa, “Atletiko” safarda “Rostov” mehmoni bo`ldi.

“Bavariya” kutilganidek ajoyib o`yin namoyish etib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Gollarda Myuller, Kimmix, Levandovski va Robben mualliflik qilishdi. Raqib jamoa tarkibida Narsinx bitta gol kiritdi.

Guruhning ikkinchi o`yinida “Rostov” “Atletiko”ni o`z maydonida qabul qildi. Ushbu o`yinda  Ferreyra Karraskoning yagona goli “matraschilar”ga  g`alaba keltirdi.

Bavariya – PSV 4:1
Gollar:
1:0 – 13 Myuller, 2:0 – 21 Kimmix, 2:1 – 41 Narsinx, 3:1 – 59 Levandovski, 4:1 – 84 Robben.
Bavariya – Noyer, Lam, Boateng, Xummels, Alaba, Kimmix (Martines, 85), Xabi Alonso, Alkantara, Robben (Sanshesh, 87), Levandovski, Myuller (Duglas Kosta, 72).
PSV – Zut, Brenet, Shvaab (Zinchenko, 85), Moreno, Villems, Propper, Guardado (Izima-Miren, 61), Pereyro (Bergveyn, 77), de Yong, Narsinx, de Yong.
Ogohlantirish: Lam (57).

Rostov – Atletiko 0:1
Gol:
0:1 – 62 Ferreyra Karrasko.
Rostov – Janaev, Kireev, Mevlya, Navas, Granat, Kudryashov, Gaskan, Noboa, Eroxin, Azmun (Prepelise, 75), Poloz (Dumbiya, 77).
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis, Korrea (Gameyro, 57), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Saul, 89), Torres, Grizmann (Tiagu, 90).
Ogohlantirishlar: Filipe Luis (4), Mevlya (28), Xuanfran (70).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!