Baliqli gazak - tez, oson va mazali...

11:50, 20 oktabr

Zarur masalliqlar (10 kishilik): 200 gr. dudlangan baliq go`shti, 3-4 ta tuzlangan bodring, 100 gr. marinadlangan jo`xori, 2-3 bo`lak sarimsoq piyoz, oq va qora non bo`laklari, 3-4 osh qoshiq o`simlik yog`i, bezak uchun ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shti va tuzlangan bodringni to`rtburchak shaklda to`g`rang. So`ng jo`xori va qirg`ichdan chiqarilgan 2 dona sarimsoq piyoz bilan aralashtirib, o`simlik yog`i qo`shing. Aralashma 10 daqiqa turgach, tuz va murch bilan ta`mini sozlang.

2. Oq va qora non bo`laklariga bir bo`lak sarimsoq piyozni ishqalab, likopchaga tering. Baliqli aralashmadan 1 osh qoshig`ini non bo`lagi ustiga solib, ko`katlar bilan bezating. Mazasi yanayam yaxshilanishi uchun 15-20 daqiqa muzlatgichga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!