Ivan Rakitich “Manchester Siti” darvozasiga 3 ta gol urgan Messini barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb ta`rifladi

12:04, 20 oktabr

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Manchester Siti”ga qarshi EChL guruh bosqichi 3-turidan so`ng xet-trik muallifiga aylangan Lionel Messiga haqida iliq fikr bildirdi.

“Kuchli g`alaba qozondi. Maydonda bo`lgan vaziyatga ko`ra hisob adolatli bo`ldi. Biz o`yinda jiddiylik bilan yogdashdik. Messi – barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Umid qilmanki, u bir umr “Barselona”da qoladi”, – dedi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib o`tamiz, Messining uchta golidan tashqari Neymar bitta gol urdi. Shuningdek, Neymar bitta penaltini yo`qqa chiqardi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!