Ronaldu o`g`lini Ispaniyaning quyi divizion klubi akademiyasiga berdi

12:58, 20 oktabr

"Real Madrid" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu olti yoshli o`g`lini o`zi to`p surayotgan klub akademiyasiga bermadi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

Krishtianu Ronaldu o`g`lini futbol bilan shug`ullanishi uchun kam sonli inonlar biladigan ispaniyaning quyi divizion vakili – "Posuelo" jamoasiga berdi.

Kichik Ronaldu yangi klubi safida "El Karraskal" jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvini ham o`tkazdi. U otasi kabi ettinchi raqamda to`p suradi.

Avvalroq Ronaldu o`g`lining birinchi futbol uchrashuvida to`p olib keluvchi vazifasini bajargani haqida xabar berilgandi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!