Tuxum va qo`ziqorindan salat - albatta tayyorlab ko`ring!

14:47, 20 oktabr

Zarur masalliqlar (6-8 kishilik): 5-6 dona qaynatilgan tuxum, 100-150 gr. quritilgan qo`ziqorin, 1 bosh piyoz, 50 gr. sariyog`, mayonez, tuz, murch, bezak uchun ko`k piyoz.

Tayyorlanishi: 1. Quritilgan qo`ziqorinlarni idishga solib, ustidan 1 stakan qaynagan suv soling va 15-20 daqiqaga qoldiring. So`ng suvini silqib, mayda to`rtburchak shaklida to`g`rang.

2. Piyozni maydalab to`g`rab, sariyog` solingan tovada 10 daqiqa qovuring. So`ng to`g`ralgan qo`ziqorinni solib, yana 10 daqiqa o`rta olovda qovurishni davom ettiring.

3. Qaynatilgan tuxumni ikkiga ajratib, sarig`ini alohida oling. Qovurilgan masalliqlarga tuxum sarig`i, mayonez, tuz va murchni qo`shib, sanchqi yordamida ezib, aralashtiring. Ikkiga ajratilgan tuxum bo`laklarini 1 osh qoshiq aralashma bilan to`ldirib, likopchaga tering va ustini ko`k piyoz bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!