O`zbekiston FIFA reytigi tarixida ilk bor Rossiyani ortda qoldirdi

14:49, 20 oktabr

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning oktyabr oyi uchun yangi reytinggini e`lon qildi. Unga ko`ra O`zbekiston terma jamoasi avvalgi oygiga nisbatan 1 o`ringa ko`tarilib, 48-o`rinni egalladi.

E`tiborlisi, Rossiya terma jamoasi yangilangan reytingda 53-o`rinni egalladi. O`zbekiston FIFA tarixida ilk bor Rossiyani ortda qoldirdi.

Samvel Babayan murabbiyligi ostidagi O`zbekiston termasi Osiyoda Eron (837 ochko), Avstraliya (663) va Janubiy Koreya (640) terma jamoalaridan keyin to`rtinchi pog`onani egalladi.

FIFA reytingida 1646 ochko bilan hamon Argentina terma jamoasi etakichilik qilmoqda. Undan keyingi o`rinlarni Germaniya va Braziliya termalari egalladi. Kuchli o`nlikdan esa Belgiya, Kolumbiya, Chili, Fransiya, Portugaliya, Urugvay hamda Ispaniya terma jamoalari joy oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!