Toshkentda Captiva avtomobili yonib ketdi(Foto)

15:03, 20 oktabr

Toshkent shahri Mirobod tumanida 18 oktyabr, seshanba kuni taxminan tungi soat 2:00 atrofida Captiva avtomobili yonib ketdi. avtomobilning suratlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. 

Internet foydalanuvchilarining ma`lum qilishicha, avtomobil ko`p qavatli uydagi xonadonlarning birida yashovchi ayolga tegishli bo`lgan.

Avtomobil ichki tomonidan yona boshlagan, olov ichkaridan tashqariga chiqqan. O`t o`chirish xizmati va YHXB xodimlari voqea sodir bo`lgan joyga 10 daqiqa ichida etib kelishi tufayli olov tezda o`chirilib, yaqin atrofdagi mashinalarni xavfsiz masofaga ko`chirilgan.

Avtomobilning yonib ketish sabablari turlicha talqin qilinmoqda. Kimdir avtomobilning elektr tarmog`idagi nosozliklar desa, yana kimdir buning qasddan amalga oshirilganini taxmin qilmoqda.



Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!