Aktrisa Sitora Farmonova Facebook’dagi qalbaki Sitora Farmonovaning ustidan shikoyat qildi

15:54, 20 oktabr

Aktrisa Sitora Farmonova Facebook’da uning nomidan ochilgan va 12 mingdan ortiq obunachini to`plashga muvaffaq bo`lgan soxta sahifa ustidan shikoyat qildi. Bu haqda aktrisaning Instagram’dagi sahifasiga tayanib, “Daryo” xabar bermoqda. 
 
“Aziz do`stlar! Facebook’da mening ism-familiyamdan foydalangan holda qalbaki Sitora o`tiribdi. U mening nomimdan turli saytlarga bo`lmag`ur intervyular berib, odamlar bilan har xil tusda muloqotga kirishmoqda”, — deb yozadi aktrisa.

“Mening sahifam nomi ham xuddi shunday, biroq meniki ko`p yillardan beri mavjud, bu qalbaki sahifaning ochilganiga esa ikki yil bo`ldi. Azizlar, shu sahifa ustidan Facebook’ga shikoyat qilib, uning tarmoqdan o`chirib tashlanishiga yordam bering”, — deya murojaat qilgan Sitora Farmonova.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!