«Poytaxt» keksi - yaqinlaringizni mehmon qiling!

17:07, 20 oktabr

Zarur masalliqlar (18 kishilik): 500 gr. un, 250 gr. yumshatilgan sariyog`, 250 ml. sut, 200 gr. yong`oq, 150 grammdan o`rik murabbosi va qand upasi, 75 gr. shakar, 30 gr. quruq xamirturush, 4 osh qoshiq limon sharbati.

Tayyorlanishi: 1. Sutni past olovda isitib oling. Unni tuz bilan aralashtirib, o`rtasidan chuqurcha oching-da, issiq sutni soling. Quruq xamirturush, 1 choy shakar ham qo`shing. Keyin hammasini aralashtirib, ustini yopib, issiq joyga 20 daqiqaga qo`ying.

2. Maydalangan yong`oqdan bezak uchun 50 gr. olib qo`ying. Qolganini shakar, limon qirindisi, tuxum va yumshatilgan sariyog` bilan aralashtiring. Yong`oqli aralashmani quyuqroq xamirga qo`shib, yog`langan keks qolipiga solib, yana 20 daqiqa qo`ying.

3. 175 darajada qizdirilgan gaz pechiga keksni 40-50 daqiqaga qo`ying. Pishgach, gaz pechida 15 daqiqa tursin, keyin oling.

4. O`rik murabbosini past olovda ozgina qaynatib oling. Keyin keksga surting. Qand upasi va limon sharbatini aralashtirib, glazur tayyorlang. Uni ham keksga surtib, ustidan maydalangan yong`oq seping.

Tayyorlanish vaqti: 2 soatu 30 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!