Evropa Ligasi. Odil Ahmedov to`p surayotgan “Krasnodar” kichik hisobda “Shalke-04”ga yutqazib qo`ydi

09:26, 21 oktabr

Evropa Ligasi turnirining guruh bosqichi 3-turida O`zbekiston termasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to`p surayotgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi Germaniyaning “Shalke-04” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur o`yinda Evgeniy Konoplyanka tomonidan 11-daqiqada kiritilgan yagona gol “Shalke-04” g`alabasini ta`minladi. Odil Ahmedov mazkur uchrashuvda 75 daqiqa maydonda harakat qildi.

Evropa Ligasi, 3-tur  

“Krasnodar” – “Shalke-04” 0:1 (0:1, 0:0)

Gol:  0:1 – 10 Konoplyanka.

“Krasnodar” – Krisyuk, Grankvist, Martinovich, Endjeychik, Petrov, Kabore, Podberezkin (Laborde, 67), Ahmedov (Mamaev, 75), Kuassi (Gazinskiy, 55), Joaozino, Ari.

“Shalke-04” – Fermann, Kaysara, Nastasich, Naldo, Aogo, Konoplyanka (Shopf, 67), Stambuli, Xevedes, Mayer (Xuntelar, 77), Baba, Di Santo (Kerer, 90).

Ogohlantirishlar:  Naldo (70), Di Santo (85), Gazinskiy (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!