Evropa Ligasi. “Manchester Yunayted” yirik hisobda “Fenerbaxche”dan ustun keldi (Video)

09:35, 21 oktabr

Evropa Ligasi guruh bosqichi 3-turida “Manchester Yunayted” jamoasi “Fenerbaxche” futbochlilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va murosaiz kechgan o`yinda 4:1 hisobida qayd etilib, mankunianlar foydasiga hal bo`ldi. G`oliblar safida Pol Pogba ikkita, Antoni Marsyal va Jessi Lingard bittadan gol urishdi.

“Fenerbaxche” tarkibida “MYu”ning sobiq hujumchisi Robin van Persi bitta javob golini kiritdi.

Evropa Ligasi. Guruh bosqichi, 3-tur

“Manchester Yunayted” – “Fenerbaxche” 4:1 (3:0, 1:1)

Gollar:   1:0 – 31, penalti Pogba, 2:0 – 34, penalti Marsyal, 3:0 – 45 Pogba, 4:0 – 48 Lingard, 4:1 – 83 van Persi.

“Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Smolling (Roxo, 46), Lingard (Depay, 66), Pogba (Fosu-Mensa, 75), Kerrik, Mata, Marsyal, Runi.

“Fenerbaxche – Demirel, Ker (Emenike, 46), Kaldirim, O`zbayroqli, Shkrtel, Souza, Noyshtedter, Potuk, Topal, Shen (Keybashi, 69), van Persi.

Ogohlantirishlar:   Ker (33).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!